"Andijon" bosh direktori kubok finalidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
30 sep 2024
“Andijon” 5 oktyabr kuni O'zbekiston kubogining finalida "Navbahor"ga qarshi bahs olib boradi.

Bo'lajak muhim o'yin oldidan “Andijon” jamoasi bosh direktori Elbek Samatov klub matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

“Futbol muxlislarini, Andijon xalqini jamoamizni finalgacha etib borgani bilan tabriklayman. Finalga yo'l olganimiz o'zi bir katta bayram. Sababi, ilk bor bu ergacha etib keldik. Hal qiluvchi uchrashuvda ham g'alaba qozonib, yangi tarixni albatta yaratishga harakat qilamiz. To'g'risi, bunday imkoniyat doim ham bo'lavermaydi. Shu bois bu imkoniyatdan albatta unumli foydalanamiz. Futbolchilarga to'liq ishonaman. “Navbahor”ni chempionatda yutdik. 4 karra Kubok sohibi bo'lgan “Nasaf”ni musobaqadan chiqarib yubordik. Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. 

Kubok finali bitta o'yindan iborat va bunda favorit yo'q. Jamoalarning imkoniyati teng. Jamoamizga to'liq ishonaman. Boshqa klublardan kam joyimiz yo'q. Hozirgi paytda hamma futbol o'ynashni yaxshi biladi. Jamoamizning kayfiyati alo darajada. Biz finaldamiz va hech qanday bosim yo'q. O'zimiz va muxlislar uchun o'ynaymiz.

Bundan tashqari, eng yaxshi muxlislar bizda. Ular 12-o'yinchimiz. Shu bois finalda g'alaba qozonishimizga albatta ishonaman. 

Hozirgi paytda chipta sotuvi bo'yicha tinimsiz savollar bo'lyapti. Bu borada rasmiy malumotlar klubimiz matbuot xizmati tomonidan berib borilyapti. 1-oktyabrdan “Andijon”ga ajratilgan 11 ta sektor uchun 6500 ta chiptalar Andijonda sotilishni boshlaydi. “Bobur arena” stadionimizning rasmiy kassalarida sotiladi. Shuni alohida aytishim kerakki, chiptalarni umuman klubga daxli yo'q. Barchasi PFL tomonidan nazorat qilinyapti. Chiptalarni ham ularning mutaxassislari kelib bevosita o'zlari sotuvda qatnashadilar”, - deydi Samatov.



KhojaMaqola muallifi
Muqova: andijanfc.uz

Izohlar

Рахматилло Исманов
30 sep 2024
5 куни Истиклол Кизил ранга бурканарканда! Отмасфера дахшат булади!
Murodjon Muhtorov
30 sep 2024
Biletni biletfurushlardan himoya qilib bering iltimos
Холмирзаев Комил
30 sep 2024
АГАР НАСАФГА КУБОК КЕРАК БУЛГАНДА САНГА ЮТКАЗМАСДИ НАСАФ БОР ЭЬТИБОРНИ ЧЕМПИОНЛИК ГА КАРАТГАН САЛ КАМТАРРОК БУЛИШ КЕРАК КУБОК ФИНАЛИДА НАВБАХОРГА ОМАД ТИЛАЙМИЗ
dessi anvar
30 sep 2024
Навбаҳор билан ўйнайсану Насафни қўшиб нима қиласан ўзингни билсанчи , Насаф яқинда анжанга 3 та қоқиб канализациянгни йиртвордию 5 инчи октябргача тўзалмейди свеча қўйсанг ҳам , так что навбаҳор осонликча ютади
Ортиков. У.У
30 sep 2024
Иншаоллоҳ АНДИЖОН ютади ва стадионда жуда қаттиқ байрам қиламиз...Навбахорга хам омад... Анжанлилар келди.