"Andijon" klubi vakillari Shahrihonga borib, faxriy futbolchi holidan xabar oldi

Sherzod Nurmatov
28 dec 2022
"Andijon" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaevning topshirig'i va ko'rsatmasiga binoan holidan xabar oluvchi faxriylar ro'yxati shakllantirildi.

"Bunda qarovsiz qolayotgan, mehrga muhtoj bo'lganlari inobatga olindi.

Ular uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlandi. Shuningdek, har biri uchun moddiy taminot ham unutib qo'yilgani yo'q. 

Faxriylarni yo'qlashda "Andijon" klubi vakili Abdulhafiz Abdulhamidovga "Andijon" futbolida uzoq yillar to'p tepgan, muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan faxriylardan biri Orif Mamatkazin hamrohlik qildi.



Dastlabki manzil sifatida Shahrixonga bordik. U erda faxriy futbolchi – Abbos Turg'unov bor. Ayniqsa, bu insonni yoshi ulug' muxlislar juda yaxshi eslashadi. Ko'plab shogirdlarining ustozi. Hayotini futbolga bag'ishlagan. Andijon futbolida o'ziga xos nom qoldirgan. Abbos akani tumandagi sport maktabidan topdik. Surishtirganimizda, u kishini o'sha erda deyishdi.


Aytilgan joyga etib borganimizda, yangi yil arafasida bayram dasturxoni yozilgan ekan. "Andijon" klubi tomonidan tayyorlab qo'yilgan sovg'a-salomlar to'planganlarning oldida, shirin xotiralar eslangan holda, iliq fikrlar aytilib, Abbos Turg'unovga topshirildi. 

Albatta, bunday etibordan u kishining kayfiyati yanada ko'tarildi va o'z minnatdorchiligini izhor qildi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: "Андижон" матбуот хизмати

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
28 dec 2022
Ofarin
Дддддддд Шшшшшшш
28 dec 2022
Anu jurnalis yana qaytbdimi))) yiglab erdagon db intrvyu bergan
Хақиқат.
28 dec 2022
Омад!