"Andijon" legioner futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
11 feb 2024
"Andijon" o'z tarkibiga makedoniyalik o'yinchini qo'shib oldi.

"Andijon" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarligi jarayonida selekciyada ham rejalashtirilgan ishlarni olib bormoqda. Nihoyat, muxlislarni qiziqtirgan yangiliklarga ham etib kelmoqdamiz. Jamoamiz safi bir qator yangi futbolchilar bilan to'ldirilmoqda.

Jumladan, Antaliyadagi yig'inda "Andijon" tarkibiga qo'shilgan makedoniyalik Demir Imeri bilan shartnoma imzolandi va endilikda ushbu o'yinchi rasman jamoamiz azosiga aylandi.

Demir Imeri. 1995 yilning 27 oktyabr sanasida Makedoniyaning Kisevo shahrida tavallud topgan. Hujumkor yarim himoyachi va qanotda ham to'p suradi.

Futbolchi faoliyati davomida "Rabotnichki" (Makedoniya), "Shkendiya" (Makedoniya), "Xorizont" (Makedoniya), "Renova" (Makedoniya), "Kamza" (Albaniya), "Kemi Kings" (Finlyandiya), "Mosta" (Malta), "Olimpik Donesk" (Ukraina), "Vlajniya" (Albaniya), "Egnatiya" (Albaniya) hamda "Atirau" (Qozog'iston) klublarida to'p surgan.

Demir, "Andijon"ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deyiladi klub xabarida.



AlisherMaqola muallifi
Muqova: "Андижон" матбуот хизмати

Izohlar

BarsAndijon
12 feb 2024
Яхшиликка булсин
TeMuR1994
12 feb 2024
ligoner degan nomi bor boluvuradi soqqani bolishsa boldida
Baxtiyorjon Khakkuldjano
11 feb 2024
Anjanga xush kelibsan Imeri Endi yana bir Xujumchi kerak
Javlon Samarqand
11 feb 2024
Дарбадар фудболчи екан ха майли жаннат макон Узбекистонга хуш келибсан
Botir Saidov -1975
11 feb 2024
Òzbekni pulini şilib suradi
Бафо Нарзуллаев
11 feb 2024
Билмадим бизда нега шундай , отига легионер булса бас..уйнаган клублари урта миёнадан хам анча паст..бирта махаллий уйинчини урнини банд килади , хали уйнаса агар..Легионер булгани учун контракти хам анча баланддир..у оладиган пулга 4 та ёш футболчини уйнатса булади..
Фк Тулуза
11 feb 2024
Буни хам уйнамаган клуби колмабди