“Andijon” polshalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Khoja
13 iyul 2025
Selekciya ishlarini faol olib borayotgan “Andijon” jamoamiz o'z safini polshalik legioner Kristian Novak bilan to'ldirdi.

Ma'lumot uchun, Novak 1994-yilning 1-aprel kuni Polshada tavallud topgan. U markaziy himoyachi poziciyasida to'p suradi. 

Novak faoliyati davomida “Lodz” (Polsha), “Turek” (Polsha), “Vidzev Lodz” (Polsha), “Podbeskidze” (Polsha), “Midlotian” (Shotlandiya), “Panionis” (Gretsiya), “Slaven” (Xorvatiya), “Kluj” (Ruminiya), “Bogemian” (Irlandiya) va “Jenis” (Qozog'iston) klublarida to'p surgan.

Kristian Novak bunga qadar “Jenis” tarkibida bir yarim yil faoliyat olib borgan holda u yerda 40 ta o'yinda maydonga tushgan.

Polshalik legioner bilan 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzildi.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/andijonpfc