"Andijon" rossiyalik hujumchi transferini elon qildi

Sherzod Nurmatov
6 jan 2025
"Andijon" klubi qishki selekciya ishlarini davom ettirar ekan, tarkibga yana bir yangi o'yinchini qo'shib oldi.

"Rossiyalik tajribali futbolchi Islam Mashukov yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

Malumot uchun, Mashukov 1995 yilning 22 fevral kuni Rossiyaning Nalchik shahrida tavallud topgan. Hujumchi o'tgan yili Rossiyaning "Alaniya" va Qozog'istonning "Elimay" klublarida to'p tepgan.

Islam faoliyati davomida CSKA akademiyasi, "Alaniya", "SKA-Energiya", "Dila" (Gruziya), "Volgar", "Orenburg", "Ximki", "Spartak-Nalchik" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 

Mashukov faoliyati mobaynida 289 o'yinda maydonga tushgan va 78 ta gol urgan, 35 ta golli pas uzatgan.

Futbolchi jamoamizning Tojikistondagi yig'iniga qo'shildi", – deyiladi andijonliklar matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: "Андижон" матбуот хизмати

Izohlar

Futbol Uchun
6 jan
Тажрибаси бор футболчига ўхшаяпти.Клуб рахбарлари яхши хужумчи танлай олишади бунга Хебай мисол.Андижонга омад!!!!
Khaydarov Khaydarov
6 jan
Bu Degani Keyingi Yilga xam Navbahorni ancha yig'latamiz Degani.))) Tirjaygan Stiker bosganlarni 90% Navbahorchilar bo'sa kere. Sizlarni Ajalilar keldi mana )))
Jasurbek Isroilov
6 jan
Хуш келбсан ислам давай Анжан
Абдулазиз Кодиров
7 jan
Шартнома тузган боса ёзмайсанларми канчага шарнома тузди итд..дарров мавзу узгариб кетади....
Абдулазиз Кодиров
7 jan
Kimlarnidur 100% orqasi achishyapti shekili .kubokni boy berishti.. Muxlislikda 100% Anjanliklar UZB da N1. Tak chto xavas qillarin xasad emas .