"Andijon": Suhrob Berdiev jamoamizga qo'shildi

Alisher
11 iyul 2022
"Andijon” klubi yozgi yig'inini davom ettirmoqda.

Shu bilan birga selekciya ishlari ham olib borilyapti. Tarkibdagi raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida tarkibga hujumkor futbolchi – Suhrob Berdiev qo'shildi.

Berdiev joriy mavsumning dastlabki qismini “Yangier” safida o'tkazgan bo'lib, 13ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3ta gol urdi. Bundan tashqari, O'zbekiston Kubogi guruh bahslarida 3ta o'yinda ishtirok etib, 1ta gol muallifiga aylangan.

Berdiev faoliyati mobaynida AGMK, “So'g'diyona”, Sho'rtan”, “Paxtakor”, “Qo'qon-1912” kabi klublarda harakat qilgan. 

Eslatib o'tamiz, bugun “Andijon” yozgi yig'in doirasida dastlabki nazorat uchrashuvini Olmaliqda AGMKga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати