"Andijon" Tojikistonga yetib bordi, bugun o'rtoqlik o'yini bor

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2023
“Andijon” o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Tojikiston Respublikasi So'g'd viloyati Xo'jand shahri yaqinida joylashgan Qayroqqum suv ombori sohilidagi sport kompleksiga yetib bordi.

Kecha jamoa u erdagi dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi. 

“Andijon” bugun, 10 iyun kuni “Parvoz” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu So'g'd viloyati, Guliston shahrining Bobojon G'ofurov tumanidagi klub hisoblanadi. 

“Parvoz” ayni paytda Tojikiston birinchi ligasida ishtirok etib kelyapti. O'z vaqtida mamlakat Kubogini qo'lga kiritgan. 

“Andijon” – “Parvoz” uchrashuvi andijonliklar yig'in o'tkazayotgan sport kompleksi maydonida bo'lib o'tadi. 

O'yinning boshlanish vaqti 18:00 ga belgilangan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/andijonpfc