"Andijon" va "Surxon" sobiq ustozlari "Sho'rtan" bosh murabbiyligiga nomzod

Iskandarov Abdulaziz
7 may 2025
Bu yil Superligada ishtirok etayotgan "Sho'rtan" jamoasi bir necha kun oldin Anvar Berdiev iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Ayni paytda jamoani oldindagi uchrashuvga Eldor Moyliev tayyorlamoqda. 

Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning xabar berishicha, "Sho'rtan" bosh murabbiyligiga Aleksandr Xomyakov va Sergey Tokov nomzod sifatida ko'rilyapti. 

Tokov ayni paytda Birinchi liganing "Oqtepa" jamoasida Server Jeparov bilan birga faoliyat olib boryapti. Xomyakovning so'nggi ish joyi "Andijon" jamoasi bo'ldi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia