"Andijon"dan marketing sohasida navbatdagi qadam yoxud odatiylikdan chekinish

Sherzod Nurmatov
25 apr 2023
Xabaringiz bor, bu yil Superligaga qaytgan "Andijon" jamoasi barcha sohalarda oldinga intilishga harakat qilmoqda.

Futbolda mayda elementar narsa bo'lmaydi. Xususan, klub oddiy o'yin formalarida ham yangilik qilishga ulgurdi. Jamoa futbolchilari bu mavsumda ikki xil – qizil va oq formalarda maydonga tushishayotganini payqagansiz. 

E'tibor beradigan bo'lsak, qizil formada "Andijon" stadioni joylashgan xududning suniy yo'ldoshdan olingan xaritasi aks etib turadi. Bunda "Bobur Arena" futbolkaning chap qismiga joylashtirilgan. Yani muxlislar tili bilan aytganda, stadion doim yuragimizda, degan manoni bermoqda. 

Ikkinchi, oq formada "Andijon" jamoasining ramzi hisoblangan burgut tasviridan foydalanilgan. Umumiy qilib aytganda, klub odatiylikdan chekingan holda bu ishga yondashgan. 

Marketingni rivojlantirish jarayonida klub rahbariyati muxlislarga qulaylik tug'dirish uchun atributkalar sotuvini yo'lga qo'ydi. Panamka, sharf va futbolkalarni qulay narxlarda omma e'tiboriga havola qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia