"Andijon"ga yana bir tajribali futbolchi kelmoqda

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025
"Xorazm" markaziy himoyachisi Vladimir Bubanya "Andijon"ga qaytmoqda.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Dragan Cheranni ketidan Vladimir Bubanya ham "Andijon"ga o'tadi", – deyiladi xabarda.

36 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Xorazm" libosida 28 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Avvalroq andijonliklar Dragan Cheran transferini e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt