"Andijon": Dmitriy Kraevga sog'liq tilaymiz

Narzulla Saydullayev
2 sen 2013
Oliy ligaga qaytishni maqsad qilgan "Andijon" jamoasining ayni paytda birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etishida jamoa safidagi barcha futbolchilar katta hissasini qo'shmoqda.
Shular qatorida iqtidorli hujumchi Dmitriy Kraev ham "Andijon"ni kuchlilar safiga qaytishiga yordam berishni maqsad qilgan holda yil boshida jamoa tarkibiga qo'shilgandi. Ammo kutilmaganda betob bo'lib qolgani bois Kraev uchun mavsum erta yakunlandi.

Ikkinchi bosqich bahslari boshlanganda Kraevning sog'lig'ida kutilmaganda muammolar paydo bo'la boshladi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchi boshini (miyasini) operaciya qildirishi kerakligi oydinlashdi. Albatta futbolchini bunday kasallikka uchrashi millionlar o'yinida kamdan-kam sodir bo'ladi. Afsuski, Kraev jarohlik stoliga yotishga majbur. Boz ustiga bunday operaciya Moskvada qilinishi talab etilmoqda. Shu bois ayni paytda futbolchiga ruhiy hamda moddiy yordam kerak. Hozirda "Andijon" jamoasi murabbiylari, u bilan birga to'p surgan futbolchilar va yaqinlari Kraevga har taraflama yordam berishga tayyor. Qolaversa, yaqin kunlarda uning nomiga hisob raqami ochilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari 6 sentyarb kuni "Zarafshon" klubiga qarshi o'tadigan uchrashuvda "Sog'lom avlod" stadionida Dmitriy Kraevning davolanishi uchun xayriya tadbiri tashkil etiladi.

"Andijon" jamoasining murabbiylari, futbolchilar va xodimlari hamda muxlislar nomidan Dmitriy Kraevni tezroq sog'ayib kyetishini tilaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz