

Bu haqda BAA klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmagan. Qayd etilishicha, Pirlo allaqachon Dubayga yetib borgan va yaqin kunlarda yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida jamoa bilan hamkorlikni boshlaydi.
Italiya terma jamoasi bilan 2006 yilgi jahon chempionligiga erishgan 46 yoshli Pirlo murabbiylik faoliyatini 2020 yilda boshlagan. U "Yuventus", "Fotih Karagyumruk" va "Sampdoriya” klublarida ishlagan, 2024 yilning yozida esa u yerdan ishdan bo'shatilgan.



