Andrea Ranokkiya: “De Burning “Inter”ga tayinlanishidan futbolchilar hayratda edi”

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017
Ayni paytda ijara asosida “Xall Siti” sharafini himoya qilayotgan “Inter himoyachisi Andrea Ranokkiya “Inter” nima uchun De Bur qo'l ostida muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi haqida to'xtaldi.

“Mavsum boshlanishidan avval jamoada murabbiy almashishi bu futbolchilar, klub va muxlislar uchun shunchaki jarayon emas. De Burning jamoaga kelishidan barchamiz shokda edik. U boshqa tilda gapirardi. Mavsumoldi tayyorgarlikni yomon o'tkazdik.

Murabbiyga yangi jamoa, muhitga kelib o'z g'oyalarini futbolchilarga singdirishi oson ish emas. Stefano Pioli? U jamoaga qanday o'ynash lozimligini tushuntirdi va futbolchilarni o'ziga bo'lgan ishonchini qaytardi. U inqilobiy o'zgarish qilgani yo'q. Faqatgina futbolchilarni o'ynata olishini isbotlay oldi. Jamoadoshlarimga uning qo'l ostida to'p tepish yoqimli ekanligi ular qayd etayotgan natijalardan ham bilib olsa bo'ladi”.

Frank De Bur o'tgan yili avgust oyida “Inter”da Manchinining o'rnini egallagandi. Ammo 1 noyabr kuni iste'foga  chiqarilib, uning o'rniga Stifano Pioli bosh murabbiylik kursisini egallagandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia