Angliya Kubogi finali, "Manchester Siti" va ten Xag haqida Ueyn Runi nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
30 may 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi Angliya Kubogi finali haqida gapirdi.

"Angliya Kubogi bilan hech nimani solishtirib bo'lmaydi. Kubokni ko'targanimda bolaligimdagi orzum ushalganini his qilgandim. Shunchalar baxtli edimki, sovrinni berib yuborgim kelmadi. Ikki o'g'lim o'shanda kubok bilan birga uxlagandi.

O'sha kuni kubokni hamkorlar bilan ulashishim kerak edi, biroq buni istamagandim. 

Ularga kubok jamoa bilan qolishini aytdim. Uyga qaytganimdan keyin kubokni o'g'illarim Kay va Kley uxlab yotgan joyiga qo'ydim. Bu ajoyib holat edi".

- "Manchester Siti" bilan final haqida

"Shanba kungi o'yin "Yunayted" uchun so'nggi yillardagi eng muhim uchrashuv bo'ladi. Ularda "Siti"ga treblni qo'lga kiritishga xalaqit qilish imkoni bor. Qachonki Siz "Yunayted"da o'ynasangiz, 1999 yilgi afsonalarni doimo yodda saqlashingiz kerak.

"Siti"ning "Real"ni parchalab tashlashini taxmin qilgandim. Hozir esa bosimlarga boy final bo'lishini kutyapman. Qo'shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasi bo'lishini taxmin qilyapman. Shuningdek, "Yunayted" yutishini istayman. Bunga juda-juda umid qilyapman". 

- Jamoaning finalga munosabati haqida

"Menimcha, ten Xag risk qilib ko'rsa bo'ladi. Men bo'lganimda Mourinyuning bir vaqtlar "Chelsi"da Jo Koul, Aren Robben va Demen Defoning qanot yarim himoyasida o'ynatgan taktikasini qo'llab ko'rardim.

Ularga qarshi o'ynash biz uchun doim qiyin bo'lgan. Qachonki hujum qilayotganingizda ichingizdan: "Robben qaerda? Koul qaerda? Ortda qolib ketdimi? Ular hozir qaysi nuqtada?", degan fikrlar o'tardi.

8 kishi bo'lib himoyalanish va Marsyal hamda Markusni qarshi hujumda o'ynatish. "Yunayted"ni 4-4-2 sxemasida o'ynatardim. Kazemiro markazda Eriksen yoki Maktomini bilan, Fernandesh va Fred to'pni qanotlarga tortadi. 8 futbolchini himoyaga joylashtirgan bo'lardim".

- ten Xag xaqida

"Erik Angliyadagi ilk mavsumini yaxshi o'tkazdi. Jamoa mavsumni kuchli to'rtlikda yakunladi va bir sovrin yutdi. Shuningdek, yana bir sovrin qo'lga kiritish imkoni bor. "Yunayted" yaxshi mavsum o'tkazdi, shu sababli muxlislar yangisidan yanada yaxshirog'ini kutishga xaqli".


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Goal

Izohlar

Man_Utd Norin
31 may 2023
O'shanda Ikkinchi o'g'ling kubokga yopishib qolmaganmidi ishqilib Rounijon
Man_Utd Norin
31 may 2023
MYU 1 ta o'yin uchun qanday tayorlanar ekan ko'ramiz Ten Hag janoblari o'zizni ko'rsatingchi..
Turdiali Qo'shaqov
30 may 2023
МЮ га зарур ғалаба
Ншорюю Ьмью Ььбюю
30 may 2023
Руни фикри теран йигит экан.Сити Реални парчалаб ташлайди деганда купчилик устидан кулганди.Юнайтед футболчиси булгани учун фикрини яккол баен кила олмабди.Агар Ман Ю футболчиси булмаганда Реалга айтган гапини бу уйинда хам айтган булармиди балки.
bekobodforewer
31 may 2023
Гарначони асосий таркибда тушиш тушмаслигида гап асосийда тушса йирик хисобда галаба козонади ;)