Angliya termasi posboni "Arsenal"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
11 avg 2021
"Sheffild" posboni Aaron Remsdeyl "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Football London" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 35 million evro evaziga darvozabonni sotib olish borasida kelishuvga erishgan. Remsdeyl Angliya termasining zaxira posboni hisoblanadi. U terma bilan Evro-2020da qatnashdi, ammo birorta o'yinda maydonga tushmadi.

O'tgan mavsumda Remsdeyl 42 o'yinda qatnashib, 68 gol qo'yib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football London