Anri "Arsenal" YCHLni yutishi mumkin deb hisoblaydi

Administrator
5 mar 2025
Uning fikricha, "Arsenal" bunga qodir.

"Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Terri Anri jamoa Yevropa Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishi mumkin  deb hisoblaydi. Uning fikricha, PSVga qarshi o'yin jamoaga ishonch bag'ishlaydi.

"Ha, "Arsenal" YCHLni yutishi mumkin. Men bunga chin dildan ishonaman, shuning uchun ham bu gapni aytyapman. Men ular buni kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda isbotlashlarini xohlayman. PSVga hurmatni saqlagan holda aytamanki, "Arsenal" mehmondagi o'yinda qiynalsa kerak degandim. Yakunda esa umuman boshqa ish yuz berdi. 

APLda kurash yakunlandi, buni hammamiz tushunib turibmiz. Qandaydir mo'jiza yuz bermasa, barchasi ma'lum.

PSVga qarshi o'yinlar "Arsenal"ga keyingi bosqichda "Real" yoki "Atletiko"ga qarshi o'yinda ishonch beradi deb o'ylayman. Bazida final yo'lidagi raqiblarga qarshi o'yinlar sizga yordam berishi, bazida bermasligi mumkin. Agarda YCHLni yutmoqchi bo'lsang, ushbu jamolarning hammasini ortda qoldirish kerak bo'ladi", -deydi Terri Anri.


AdministratorMuallif
Manba: Reuters