Anri Zidanning bo'lajak ish joyini aytdi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi bir necha kun avval faoliyatini qayta tiklashga shama qilgan edi.

Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi Terri Anri "CBS Sports" telekanaliga bergan intervyusida "Real" sobiq bosh murabbiyining kelajakdagi manzili Fransiya termasi bo'lishi mumkinligini aytdi.

"U "Yuventus"ga bormaydi. Menimcha, Zidan Fransiya terma jamoasini kutmoqda", – dedi Anri.

Fransiya terma jamoasini hozirgi kunda 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo qo'ygan Dide Desham boshqarmoqda.

Zidan 2021 yilning yozida "Real"ni tark etganidan buyon ishga qaytmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports