Antonio Lopesh Portugaliya terma jamoasini tark etdi. Jamoa bugun yana testdan o'tkaziladi

Alisher
9 okt 2020
"Lion" va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Antoni Lopesh koronavirusga musbat test topshirdi.

Shu sabab darvozabon kecha, yani payshanba kuni kechqurun terma jamoa ixtiyorini tark etgan.

Qayd etish kerakki, termaning qolgan a'zolari topshirgan testlar manfiy natijani ko'rsatgan. Bugun butun jamoa yangidan testdan o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, "Lion"ning 30 yoshli darvozaboni 2015 yildan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: A Bola