Antonio Ryudiger "Real Madrid" bilan shartnoma imzoladi (Fabricio Romano)

Narzulla Saydullayev
10 may 2022
Bu haqida mashxur insayder ma'lum qildi.

"Chelsi" klubi futbolchisi Antonio Ryudiger "Real Madrid" bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi. Futbolchi allaqachon tibbiy tekshiruvdan o'tib bo'lgan. Ryudigerning maoshi yiliga 9-10 mln evro atrofida bo'ladi. "Real" ushbu kelishuvni YCHL finalidan so'ng rasman e'lon qiladi. Futbolchining tovon puli 400 mln evro etib belgilangan.

Ma'lumot uchun, Ryudiger "Chelsi" tarkibida 2017 yildan beri faoliyat olib boradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano