Anvar Berdiev: “6 ochkolik o'yin bo'ldi”

I.J.I
24 sep 2024
Pro liganing 21-turidan o'rin olgan “Sho'rtan” - “Qo'qon-1912” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak edi. 6 ochkolik o'yin bo'ldi. Unutmaslik kerak, “Qo'qon-1912” ham yaxshi shakllangan jamoa. Superliga vazifasi qo'yilgan klub.

O'yin borasida aytsam, ko'proq hujum qildik, omad etishmagan vaziyat bo'ldi. Guvohi bo'ldinglar, to'p 2 marta to'singa tegdi. Futbolchilar borlarini berib harakat qilishdi.

- Muhriddin Zoirov zaxiradan tushdi va ko'proq ortga qaytib o'ynagandek ko'rindi. Buning sababi nimada? 

- Muhriddin Zoirovdan ko'proq ikkinchi hujumchi o'rnida foydalanayapmiz. Zoirov bugun maydonga chiqib, jamoa o'yinini kuchaytirdi. O'zlaring ko'rdinglar, ko'plab vaziyatlarda to'p darvozaga kirmadi.

- Asadbek Saitxonov yaxshi o'ynayotgandek edi. Uning almashtirilishiga sabab nimada?

- Saitxonov yaxshi futbolchi. Unutmaslik kerak, u har doim asosiy tarkibda o'ynab kelayapti. Unda ham charchoq alomatlari ko'rindi. 

- “Sho'rtan” o'yinning 12-daqiqasida tezkor gol o'tkazib yubordi. Bu vaziyatda himoyachi xatoga yo'l qo'ydimi?

- Bunda faqat himoyachini ayblash noto'g'ri. Gol o'tkazish butun jamoaning aybi hisoblanadi. Biroq, o'sha vaziyatda himoyachida vaziyatni qutqarish imkoni bor edi. Futbolda o'z kuchiga ishongan futbolchi raqibning ham kuchini hisobga olishi kerak. Raqib hujumchisi bu vaziyatda yaxshi harakat qildi. 

- Bugun VAR bilan bog'liq vaziyatlar bo'ldimi sizningcha? Umuman, hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Hakamlarga etirozim yo'q, ularning ishini baholaydigan qo'mita bor. Hozir biron fikr aytish qiyin, o'yin videosini ko'rib chiqib, keyin xulosa qilsak bo'ladi.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

SO'G'DIYONA Jizzax
24 sep 2024
Нимаси 6 очколик уйин булди. Бутун узбекистонлик тренерлани топиб олган гапи 6 очколик уйин, галаба козонишни истагандик, бугун бизни кунимизмас.
Erkin Murodov
25 sep 2024
Онангди Оми булди