Anvar Berdiev: “Agarda penaltidan foydalana olganimizda yutishimiz ham mumkin edi”

Iskandarov Abdulaziz
25 sep 2022
Pro liga 19-turidan o'rin olgan “Turon” – “Buxoro” (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugun murosasiz va teng kurashlar ostidagi bellashuv bo'lib o'tdi. Bu o'yinda yutishimiz ham, balki mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman, ular oxirigacha kurashdi. “Buxoro” bilan bahsdagi natijani esdan chiqarib, keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 

- Jamoangiz “Buxoro”ga qarshi bahsda bo'sh harakat qildimi yoki berilgan ko'rsatmalarni bajara olishmayaptimi?

- Men bunday fikrlarga qo'shilmayman. Futbolchilarimiz berilgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat qilishmoqda. Agarda penaltidan foydalana olganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. O'yinni qayta ko'rib chiqib, vaziyatlarni taxlil qilamiz. Shuni ayta olamanki, yigitlar harakat qilyapti. 

- Ikkinchi penaltini ham Murtozaev tepaman deganmidi?

- Bizda shtatli penaltilar bor. Bular Murtozaev, Abduraimov va Avilovlar. Qaysi biri birinchi o'ziga ishonmasa, ulardan biri bundan foydalanardi. O'yindan keyin foydalana olmagan penaltisini so'raganimda, u o'ziga ishonib, yo'nalishni o'zgartirdim dedi. Bu vaziyatda mehmonlar posboni omadli chiqdi. Ishonamanki, Murtazaev hali ko'plab gollar uradi va mavsum to'purari bo'la oladi. 

- Bugun jamoaning ikki nafar futbolchisi jarohat olib, maydonni tark etdi. Ularning holati qanday?

- Jamoamiz shifokori bilan gaplashib ko'ramiz. Bilishimcha, Doniyor Ismoilovning boshidan olgan jarohati biroz jiddiyroq shekilli. Abdug'ani Kamolov va Sardor Telyakov ham shunday holatga tushdi. Etibor bergan bo'lsangiz, bugun majburiy o'zgarishlarni amalga oshirdik. Har bir murabbiyning o'yinga bo'lgan rejasi bo'ladi. Majburiy o'zgarishlar esa rejani o'zgarib ketishiga sabab bo'ldi. Lekin maydonga tushganlar ham jamoamiz o'yiniga ijobiy tasir qildi va kuchaytira oldi. 

- Bugungi kunda Azam Alievning holati qanday?

- U endi mashg'ulotlarga qo'shildi. Ikki kun davomida umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Umid qilamanki, Aliev kelgusi bahslarda jamoaga yordam beradi.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

DONIYOR ERGASHEV(63 63)
25 sep 2022
Хумоюн чичкок бупкобди тайёр голни судя огзига чайнаб соб куйсаям ютолмади чувак
chelsea_buxara
25 sep 2022
Hamma ayb Buxoroda yaxshiroq uynadi biz 15 kishi bb arang durang uynadik deb uyalmasdan penaltidan gol bulganda yutardikmish insofsizlar FUTBOLNI ULDIRISHDI UZBEKISTONDA
1994 Nurafshon
25 sep 2022
Улганинг яхши Сан лулибаччани судияни ердами билан ютишга ургани колдингми тугри кунлик Ахлат команданг билан йук булиб кетасанлар
Uz paxtakor Uz
25 sep 2022
Анвар команден ноооол Турон. Харомхурлар хали куп аккиллесанлар Кишолки харомхурлар
1994 Nurafshon
25 sep 2022
Бухоро турон уйини хаками Равшан єрматовни якин кариндоши єкан биз бу маълумотни хозиргина олдик