Anvar Berdiev: "Darvozabonning harakatlarini oqlab bo'lmaydi. Kerak bo'lsa, uni jazolashgacha boramiz"

I.J.I
4 apr 2024
Pro liga to'rtinchi turidan o'rin olgan "Mashal" va "Sho'rtan" (2:0) o'rtasidagi derbidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- O'yin teng kurashlar ostida kechdi. To'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Ulardan foydalana olmadik. Oldinga chiqib ketganimiz sabab, ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Gol urish uchun darvozaga tepish kerak. Bizda vaziyatlar bo'lyapti, ammo zarba yo'q. "Mashal"ni g'alaba bidan tabriklayman.

- Darvozabonning bugungi harakati juda shov-shuv bo'lib ketdi. O'sha vaziyatga ko'zingiz tushdimi?

- Bu vaziyatni ko'ra olmay qoldim. Futbolchi bilan gaplashib oldim. Bu futbolchi uchun juda yomon narsa, oqlab bo'lmaydigan harakat. Bu vaziyatni tahlil qilib, kerak bo'lsa darvozabonni jazolashgacha boramiz. 

- Bugun beshta futbolchini almashtirdingiz. Zaxira futbolchilari qanchalik ishonchni oqladi?

- Jamoa yutqazgandan keyin ular o'yinni kuchaytira olmadi degan xulosaga kelish mumkin.

- Kubok o'yinlarida "Sho'rtan"ning maqsadi qanday?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonish. Lekin futbolda omad degan narsa ham bor. Raqib darvozaboni bugun yaxshi harakat qildi. Darvozabon goldan saqlasa, jamoa g'alaba qozonadi.

- Anvar aka, matbuot anjumaniga kechikib kelishingizga nima sabab bo'ldi?

- Futbolchilarim bilan qattiq suhbatlashib oldim. Kechikishimga aynan shu narsa sabab bo'ldi. Ulardan o'yinda shijoatliroq bo'lishlarini talab qildim. Agar bu tarzda davom etsak, oldimizga qo'yilgan vazifaga erishishimiz qiyin bo'ladi.

- Keyingi o'yin "Aral"ga qarshi. Bu o'yin qanday o'tishini tahmin qilyapsiz?

- Birinchi navbatda "Mashal"ga qarshi o'yinni tahlil qilishimiz kerak. Ko'p narsani maydondagi futbolchilar hal qiladi. Oldingi chiziqda harakat qilayotgan hujumchilarimizdan ko'proq narsa talab qilishimiz kerak. To'rtta tur ortda qoldi, hujumchilarimiz hali gol urishgani yo'q.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Жамшид
4 apr 2024
Уйпь шуртан
Cr7_
4 apr 2024
Aral lekn qamavolib itaradi
Lazizxon Mustafayevich
4 apr 2024
Аваржон Хар хил бахона қилиш керак эмас Шамел Ярулин иккаланг гала детский болаларни йиғиб соққа қилгани келгансанлар Худодан қўрқийлар а Кейинги турда Арал оқ бўрингни думини босади.
Abror_Tursunov
4 apr 2024
Darvozabon o'ziga pul tikkanmi deyman
Xurshidhuja
4 apr 2024
Бет борми кетгин косонингга единку футболни гузордан яхши тренерлар борку