

Belgiyalik "Vest Xem"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
"Agar sen 75 million funt evaziga dunyoning eng katta klublaridan biriga o'tsang, yangi jamoa tarkibida birinchi o'yiningni yaxshi boshlashni xohlaysan. Menda ham 1992 yil "Blekbern"ga o'tganimda huddi shunday holat bo'lgan edi. O'shanda debyut o'yinimda "Kristal Pelas" darvozasiga ikkita to'p kiritganman. Bu menga ishonch qo'shgan, Lukakuda ham shunday bo'ladi.
Aniq bilaman, Lukaku o'yindan oldin asabiylashgan, lekin birinchi goldan keyin hammasi o'tib ketgan. Agar hammasi jarohatlarsiz bo'lsa, u MYU uchun 20-25ta gol urishi aniq", - dedi Premer-liga afsonalaridan biri Shirer.




