APL grandlari ukrainalik futbolchi uchun kurashmoqda

Khoja
19 okt 2024
Shaxtyor yarim himoyachisi Georgiy Sudakov kelasi yozda APLning grandlaridan biriga o'tishi mumkin.

22 yoshli futbolchiga Arsenal, Manchester Siti, Chelsi kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun,Georgiy Sudakovning Shaxtyor bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning so'nggi qadar davom etadi. Transfermarket nashri futbolchini 35 million evroga baholamoqda.

Sudakov joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com