APL klubining eng yosh egasi 30 yoshdan kichik. Bu kim?

Sherzod Nurmatov
22 avg 2025
Fransiyalik tadbirkor va APLning "Sanderlend" egasi Kirill Lui-Dreyfus klubni 23 yoshida sotib olgan.

Lui-Dreyfus "Sanderlend"ni 2021 yilda Liga 1'da qatnashayotgan paytida xarid qilgan. O'sha paytda u endigina 23 yoshda edi. Bu uni tarixdagi eng yosh Angliya klubi egasiga aylantirgan.

Uning oilasi Yevropadagi eng boy oilalardan biri. Bundan tashqari, funkcionerning marhum otasi bir vaqtlar Fransiyaning "Marsel" klubiga egalik qilgan.

Uning qo'l ostida klub oliy divizionga qaytdi va xo'jayinning o'zi hamon 30 yoshga to'lmagan (28 yoshda).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sunderland Echo