APL sobiq futbolchisi farroshni onasining 400 ming funt-sterlinglik zargarlik buyumlarini o'g'irlashda aybladi va uning pasport suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi

Оқил Абдубарноев
15 jun 2023
Angliya Premer-ligasining sobiq yulduzi Benik Afobe farroshni onasiga tegishli salkam yarim million funt-sterling qiymatga ega zargarlik buyumlarini o'g'irlaganlikda aybladi.

Hujumchining takidlashicha, voqea 14 iyun kuni onasining uyida sodir bo'lgan. 

30 yoshli yigit hatto gumonlanuvchining pasport surati, shaxsiy malumotlari va fotosuratini 1,2 mln obunaga ega bo'lgan Instagram sahifasiga joylagan.

Shuningdek, farroshning uyni tark etayotgan kamera videoyozuvlarini TikTok sahifasiga yuklagan.

Eslatib o'tamiz, kongolik futbolchi "Arsenal", "Bornmut", "Stok Siti" klublarda o'ynagan. Hozirda u Dubayda istiqomat qiladi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: Daily Mail

Izohlar