APL tarixidagi eng yaxshi legioner himoyachi va darvozabon nomi e'lon qilindi

BBC talqiniga ko'ra, Vensan Kompani eng yaxshi legioner himoyachi, Peter Shmeyxel esa eng yaxshi darvozabon deb topildi.

So'rovnoma quyidagicha tugagan.

Darvozabonlar: Peter Shmeyxel (“Manchester Yunayted”), Petr Chex (“Chelsi”/“Arsenal”), David De Xea (“Manchester Yunayted”).

Himoyachilar: Vensan Kompani (“Manchester Siti”), Nemanya Vidich, Yap Stam (ikkalasi – “Manchester Yunayted”).

Avvalroq APL tarixidagi eng yaxshi legioner futbolchi sifatida “Arsenal” sobi hujumchisi Terri Anri etirof etilgandi.


Manba: BBC-Sport