APL va Bundesliga klublari "Ipsvich" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
29 nov 2024
APL va Bundesliganing bir qator klublari klublari "Ipsvich" va Angliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Liam Delapni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Gap "Arsenal", "Aston Villa", "Nyukasl", "Bavariya", "Leypcig" va "Borussiya" Dortmund haqida ketmoqda. Delapga "Ayaks" va PSV ham qiziqish bildirmoqda.

21 yoshli hujumchi 2024 yilning iyulidan buyon "Ipsvich"da to'p tepadi. Uning shartnomasi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi. 

Delap ushbu mavsum APLda 12 ta o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 6 marta ishg'ol qildi va 1 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali angliyalik fuibolchini 15 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: x.com/Ekremkonur

Izohlar

Azamat Shoha
29 nov 2024
Бу футболчи Ситини академиясидан чиққан талантли футболчи бу футболчини отаси Рорри Делап Саутгемптон афсонаси хисобланади уша даврда Джеймс Битти Ван Бретт Ормерод билан хужумда харакат килган