APLga kimlar qaytmoqda?

Narzulla Saydullayev
18 may 2024
Angliya premer ligasining 2022-2023 yilgi mavsumida “Lester Siti”, “Lids Yunayted” va “Sautgempton” klublari so'nggi pog'onalarni egallab, Chempionshipga yo'l olishgandi.

Mana oradan bir yil o'tdi. Jamoalar mavsum davomida Chempionshipda ortga qaytish uchun kurashishdi. Hozircha “Lester Siti” va "Ipsvich"ning APLga qaytishini aniq bo'ldi.

“Lids Yunayted” va “Sautgempton” esa hamon kurashda. Bu klublar yarim finaldagi raqiblarini mag'lub etishdi va finalga chiqishdi. Oldinda ularni APL yo'llanmasini beradigan pley-off final uchrashuvi kutib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Chempionship pley-off finali 26 may kuni Londonning “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. G'olib jamoa APLga yo'llanmani qo'lga kiritadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia