APLning ikki grandi "Barselona" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
22 mar 2025
"Manchester Yunayted" "Liverpul" va "Aston Villa" "Barselona"ning ispaniyalik forvardi Ferran Torresni kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, eng ko'p faollikni Birmingem klubi namoyish etmoqda. Hujumchini jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri shaxsan o'z safiga qo'shib olmoqchi. Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Barselona" bosslari Torresni 35-40 mln evroga sotishga rozi bo'ladi.

Ferran Torres "Barselona" safida jami 145 ta uchrashuv o'tkazib, ularda 38 ta gol va 16 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali ispaniyalikni 28 mln evroga baholamoqda.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: El Nacional

Izohlar

Асилбек Муминов
22 mar
Вилла блан мюга кетурсин уровень тугри келади