Arauxo yana safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
10 feb 2025
"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Sevilya"ga qarshi kechgan Ispaniya chempionati 23-tur uchrashuvida jarohat oldi.

Urugvaylik raqibning qo'pol o'yini ortidan jabr chekdi va o'yinni davom ettira olmadi. Arauxo 23-daqiqada Pau Kubarsi bilan almashtirildi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Arauxo jarohati sabab mavsumning birinchi qismini to'liq o'tkazib yuborgan va yanvarning o'rtalarida maydonga qaytgandi.

Himoyachi joriy mavsum bor-yo'g'i 8 o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Barca Blaugranes

Izohlar

Farruxbek Olimjonov
11 feb
Real Madrid muhlisi sifatida avvalo sogliq tilayman raqobatchi klub futbolchisi bulsa ham ramosde harakteri bor himoyachi bulib yetishadi kelajakda deb uylayman agar jarohatlarga moyil bulib qolmasa albatta
Фабрицио Романо
10 feb
Мавсум охирида барибир сотворишса кере катта эхтимол билан! Фликни кунгли бошидан тулмади Арауходан.
Рахматилло Исманов
10 feb
Яхшиям Ювентусга утмай колгани!
Utkir
10 feb
Эх яхши уйнаётганди гол уриб турврди (узига)
Али
10 feb
Jaroxatdan boshi chiqmadi buni