

Robben bu mavsum faoliyatidagi o'ninchi chempionlik kubogini qo'lga kiritdi (6ta Bavariya bilan, 2ta Chelsi bilan, bir martadan Real va PSV safida). Kroyff hisobida ham shuncha chempionlik bor (9ta Ayaks, 1ta Barselona bilan).
Gollandiyaning afsonaviy futbolchisi Yoxan Kroyffga yetib olganimni o'qidim.
U 10ta chempionlikka erishgan yagona golland edi. Endi menda ham shuncha chempionlik bor. U bilan bir pog'onada turib ajoyib.
Endi menga yana bitta sovrin kerak, – deydi Robben.




