Arnautovich A Seriya klubi a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2021
Avstriya terma jamoasi va "Shanxay Port" (sobiq "Shanxay SIPG") hujumchisi Marko Arnautovich "Bolonya"ga o'tdi.

Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Transfer summasi 3 million evroni tashkil qildi. Futbolchi 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo qo'ydi.

32 yoshli Arnautovich 2019 yildan beri "Shanxay Port"da o'ynab kelayotgan edi. U Xitoy klubida 39 o'yinda 20 ta gol urib, 4 ta golli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bolognafc.it