Arne Slot: "Liverpul" "Manchester Siti"ni darvozasiga yaqinlashtirmasligi kerak, chunki..."

Mirjalol Normatov
21 feb 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Manchester Siti"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Biz xuddi "Aston Villa" yana bir kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. "Arsenal" bizgacha o'yinini o'tkazib bo'ladi, bu esa bizning o'yinimizni osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin. Bizda 12 o'yin qoldi, "Arsenal"da 13. Boshqa jamoalarga qaramaymiz, chunki "Etixad"da qiyin bo'lishini bilamiz.

Gvardiolaning "Manchester Siti" - ajoyib jamoa, ular doimo yaxshi o'yin ko'rsatgan. Ko'plab yillar davomida faqatgina bir necha oy ularda pasayish bo'ldi. "Nyukasl"ga qarshi o'yinda ularning qaytayotganini ko'rdim. Biz barchasiga ko'nishimiz va ularni darvozamiz yoniga yaqinlashtirmasligimiz uchun mehnat qilishimiz kerak bo'ladi.

Chunki bu Pep Gvardiolaning jamoasi. Jamoa ochkolar yo'qotayotganida ham bu ko'rinib turgandi. Qachonki jamoada futbolchi safdan chiqsa, APLda bu qiyin kechadi. Futbolchilar qaytganidan keyin natijalar ham yaxshilandi", - dedi Slot.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: Goal

Izohlar

Khusanboy Baxromov
21 feb
Bu sulot kamtarligi yaxwi
Sardorbek..
21 feb
Yaqinlashtirsanglar xam baribir xich nima qilisholmedi
UFA bu UFA
21 feb
Liverpoolning himoyasi xam ideal emas lekin hujum chizigʻi juda kuchli. Liverpool oʻyinlariyam manga yoqadi
Mardon Eshmonov
21 feb
Мен Мухаммад Солахни ракиб дарвозасига гол ургандан сунг Саждага караб бош эгганини куриб мазза килар эдим. Хакикий Мусилмон йигитига хос Футболчи. Мухаммад Солах Левирпул жамоасини афсонаси. Мен Левирпул жамоасини Мухаммадсиз тасавур килаолмайман. Мухаммад Салох бор учун хам Левурпулга Мухлислик киламан. Энди Аллох насиб килса Абдукодир Хусанов учун Манчестир Сетини хам Мухлисиман.