

Biz o'z ishimizni qildik. Bunday maydonda odatiy futbol o'ynab bo'lmaydi. Juda qiyin bahs bo'ldi. Satton har bir xatoimizdan foydalanishga urindi.
Raqibda istak juda kuchli edi. Agar jiddiy tayyorgarlik ko'rmaganimizda muammolarga yo'liqardik.
Myunxenda hisob 1:1 bo'lib turganida barchasi o'zgarib ketdi, shu bois bugun 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda hammasi hal etilmagandi, – deydi Venger.




