"Arsenal" 14 yildan beri "Enfild"da "Liverpul"ni mag'lub etolmayapti

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
Angliya Premer-ligasining 3-turida "Liverpul" Dominik Soboslaining yagona goli evaziga "Arsenal"ni mag'lub etdi va "Enfild"da "kanonirlar"ga qarshi mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.

31 avgust kuni "Liverpul"ning "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasi London klubining 2012 yil 2 sentyabrdan beri "Enfild"da g'alaba qozona olmaganini va bu seriya kamida 14 yil davom etishini bildiradi (ushbu stadiondagi keyingi o'yinga qadar). "Kanonirlar" shuncha vaqtda bu stadionda 8 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va 8 ta durang qayd etdi.

Kechagi o'yin ikkala jamoaning so'nggi yillarda shaxsiy uchrashuvlarda ko'rsatayotgan yuqori ko'rsatkichlari to'xtatgani bilan ham e'tiborga molik bo'ldi. Deylik, o'tgan mavsumda ikkala o'yin ham jangovar – 2:2 hisobida yakunlangandi.

APL. 3-tur

"Liverpul" – "Arsenal" 1:0 

Gol: Soboslai 83'


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta