"Arsenal" 2025/26 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2025
"Arsenal" va Adidas 2025/26 yilgi mavsum uchun uchinchi liboslar to'plamini namoyish qildi.

Dizayn 1913 yildan 2006 yilgacha 90 yildan ortiq vaqt davomida "kanonirlar"ning uyi bo'lgan, klubning "Xayberi"dagi yakuniy mavsumining 20 yilligiga bag'ishlandi.

"Bizning 2025/26 yilgi Adidas uchinchi libosimiz "Xayberi" ruhini o'zida mujassam etgan bo'lib, muxlislarimizning keyingi avlodini ilhomlantiradi", – deyiladi klub rasmiy saytida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com