"Arsenal" 35 mln funtga braziliyalik vingerni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025
"Feyenoord" vingeri Igor Payshao Angliya Premer-ligasi klublari orasida talabga ega.

Bu haqda "Calciomercato" sahifalarida xabar berilgan.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" jamoalari qiziqish bildirmoqda. 

Niderlandiya klubi Payshaoni 30-35 mln evroga baholamoqda. Uning "Feyenoord" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Payshao joriy mavsum 33 uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt uni 17 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato