APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida "Bornmut"ga mag'lub bo'ldi, "Siti" bilan oradagi farq qisqarishi mumkin

APL 32-tur doirasidagi "Arsenal" - "Bornmut" o'yini bo'lib o'tdi.

“To'pchilar” Londonda “Bornmut”ga mag'lub bo'lishdi. Dastlab mehmonlar hujumchisi Eli Junior Kroupi 17-daqiqada hisobni ochdi. Viktor Gyokeresh 35-daqiqada penaltidan unumli foydalandi. “Bornmut” yarim himoyachisi Aleks Skott 74-daqiqada “Arsenal” darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining sensacion g'alabasini taminladi.

“Arsenal” ayni damda 70 ochko bilan APL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi “Man Siti” 61 ochkoga ega. Ammo, “shaharliklar” “to'pchilar”dan ko'ra 2 ta kam o'yin o'tkazishgan.



Manba: championat.asia