"Arsenal" Bouenni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
13 iyun 2022
"Arsenal" "Vest Xem" hujumchisi Jarrod Bouenning vakillari bilan bog'landi.

"Kanonirlar" rahbariyati futbolchining narxi APLdagi muvaffaqiyatli mavsum va Angliya terma jamoasidagi debyut sabab yuqori bo'lishini tushunib turibdi.

25 yoshli angliyalik o'tgan mavsum "Vest Xem" safida 51ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 13ta assist qayd etdi.

Bouenning "bolg'a urarlar" bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun