“Arsenal” – “Chelsi” uchrashuvida VAR tizimidan foydalaniladi

Angliya futbol ligasi (EFL)ning xabar berishicha, Angliya liga kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Arsenal” – “Chelsi” jamoalari o'rtasidagi har ikkala o'yinda ham videoyordamchi hakamlar tizimi (VAR)dan foydalaniladi.

EFL Angliyada o'tkaziladigan turli darajadagi turnirlarda ushbu tizimdan samarali foydalanishni sinovdan o'tkazib boradi.

Ayni paytda Italiya A seriyasi va Bundesligada ushbu tizimdan foydalanib kelinmoqda.


Manba: The Times