"Arsenal" forvardi "Tottenxem"da Keynning o'rnini egallashi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2023
"Arsenal" hujumchisi Folarin Balogun "Tottenxem" qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar Balogunni "Bavariya" ketgan Xarri Keynning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Avvalroq, "kanonirlar" Balogunni 55 mln evroga sotishga tayyorliklarini ma'lum qilishgandi.

Shuningdek, "Tottenxem" short-listida "Chelsi"dan Romelu Lukaku va "Portu"ning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi bor.

Amerikalik futbolchi o'tgan yili ijara asosida "Reyms"da o'ynadi. 22 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 39 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan.

Balogun "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Futbolchiga "Inter" davogarlik qilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports