"Arsenal" fransiyalik yulduzga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2024
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Angliya Premer-ligasi grandining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Fransiyalik futbolchiga davogarlar orasida PSJ, "Barselona" va "Manchester Siti" klublari bor edi. Jurnalist Pit O'Rurkning yozishicha, Komanga "Arsenal" ham qiziqmoqda. "Kanonirlar" 28 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin.



Manbaga ko'ra, Kingsli Koman "Bavariya"dan kyetishga tayyor, biroq yangi jamoasida boshlang'ich tarkibdan joy kafolatlanishini istaydi. 

Transfermarkt portali vingerning transfer qiymatini 50 mln evroga baholagan. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London