"Arsenal" La Liganing eng yaxshi yarim himoyachilaridan birini sotib olish haqida o'ylamoqda

Alisher
16 mar 2025
"Arsenal" yozda "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi transferi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Keyingi mavsumda London klubi yarim himoya chizig'ini kuchaytirishi kutilmoqda. Jorjino va Tomas Parti katta ehtimol bilan shartnoma muddati tugagach (30 iyun), "kanonirlar"ni tark etishadi.

"Arsenal" Subimendi bilan imzolash bo'yicha muzokaralarda "juda ilg'or" bosqichda. Futbolchi Ispaniya La Ligasining eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Statistika bo'yicha, 26 yoshli futbolchi havodagi duellarining 66 foizida g'alaba qozongan.

Qayd etilishicha, Subimendining "Sosedad" bilan shartnomasida 51 million funtlik tovon puli bandi bor.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: twitter.com/David_Ornstein

Izohlar

ARSENAL+SURHON
16 mar
Gap bulishi mumkin emas ARSENAL bu uyinchini qancha intiqib kutti juda zur tanlov yaxshi uyinchi????????????????
FC_BARCELONA_UZ
16 mar
Yarim himoyachiku Subimendi, yoki shunaqa xatolar bilan komment ko'paytirmoqchimisizlar?