"Arsenal" "mikrafon"ni tekinga qo'lga kiritmoqchi

Tolibjon Qosimov
16 noya 2017
"Calciomercato"ning ma'lum qilishicha, Londonning "Arsenal" klubi "Manchester Yunayted"ning belgiyalik markaziy yarim himoyachisi Maruan Fellaynini qo'lga kiritmoqchi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi hozircha mankunianliklar bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti, garchi klub uni olib qolishni istayotgan bo'lsada. "Kanonirlar" Fellaynini erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchilar va bu ish ustida ishni boshlab yuborishgan. "Arsenal"dan tashqari futbolchiga Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasi ham qiziqmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: calciomercato.com