"Arsenal" muxlislari uchun xushxabar! Arteta Saka jarohatdan qaytayotganini elon qildi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka tez orada safga qaytadi.

Angliyalik futbolchi dekabr oyida sonidan jarohat olib safdan chiqqan edi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning so'zlariga ko'ra, futbolchi qaytishga yaqin.

"Xalqaro tanaffusdan keyin u qanday holatda bo'lishini ko'ramiz. U o'zini juda yaxshi his qilmoqda va qaytishga tayyor. U bir necha hafta ichida qaytishiga ishonamiz", – dedi Arteta.

Bukayo Saka joriy mavsum “Arsenal” safida 24 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Xalqaro tanaffus oldidan Arteta jamoasi PSV va “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Goal.com

Izohlar

Berkamp
10 mar
Yaxshi boʻlibdi Madridga qarshi oʻyin oldidan zoʻr yangilik
Utkir
10 mar
Ажоийиб хабар