"Arsenal" Obameyang sababli bir futbolchisidan voz kechmoqchi

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020
"Arsenal" rahbariyati hujumchi Per-Emerik Obameyangni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Gabonlik forvardning klub bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakuniga etadi. "Kanonirlar" esa yetakchi forvardni yo'qotishni istamayapti.

"The Sun" xabariga ko'ra, shu sababdan londonliklar akademiya tarbiyalanuvchisi Eynsli Meytlend-Naylsni sotib yuborib, transfyerdan tushgan mablag'ni Obameyangga maosh qilib bermoqchi.

Ushbu mavsumda Per-Emerik Obameyang "Arsenal" tarkibida barcha turnirlarda 32 o'yinda 20 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun