"Arsenal" rus klublarini mehmonda umuman mag'lub eta olmagan

Tolibjon Qosimov
16 mar 2018
Yevropa ligasi 1/4 finalida "Arsenal" va SSKA jamoalari o'zaro bellashadilar.

Londonliklar rus jamoalari bilan safarda unchalik ham omadli o'ynashmagan - 3 mag'lubiyat va 1 durang. Bundan tashqari, "Arsenal" Yevropa ligasi/UEFA kubogi doirasida o'z maydonidagi eng yirik mag'lubiyatni 1983 yilda "Spartak"dan qabul qilib olgan - 2:5 (ikki o'yin natijasiga ko'ra - 4:8).

SSKA esa APL klublariga ketma-ket 5 o'yindan beri yutqazmoqda.



O'yinlar 5 va 12 aprel kunlari bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com