"Arsenal" Saliba bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Оқил Абдубарноев
7 iyul 2023
"Arsenal" himoyachi Vilyam Saliba bilan shartnoma muddatini uzaytirganini e'lon qildi.

Klub fransiyalik futbolchi bilan uning muddatini ko'rsatmasdan, uzoq muddatli shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Oldinroq 22 yoshli futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangani va undagi maosh yiliga 10 million funt sterlingni tashkil qilishi ma'lum bo'lgandi.

Saliba 2022/23 yilgi mavsum APLda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: arsenal.com