"Arsenal" sobiq futbolchisi Martinellini tanqid qildi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2025
"Arsenal" sobiq futbolchisi Emmanuel Peti jamoada ayni damda faoliyat olib borayotgan Gabriel Martinellini tanqid qildi.

"Martinelli "Liverpul"ga mos tusharmidi? Yo'q.

U ishlashda, qo'shishda davom etishi kerak. Bu klubda ancha vaqtdan beri o'ynayapsan, senda Yevropaning eng yaxshi jamoasida o'ynash imkoniyati bor. Barcha mas'uliyatni bo'yningga olishing kerak.

Sen "Arsenal" uchun o'ynayapsan, turnir jadvalining o'rtasidagi jamoa uchun emas, tushunyapsanmi? Sendan ko'prog'ini kutishadi. Mentalitet va boshqa narsalarda ham. Agarda senda bunday hususiyatlar bo'lmasa, "Arsenal"da qolmasliging kerak. Buni gapirish men uchun ham qiyin.

Uning sifatini ko'rdik, lekin bu etarli emas. U hali yosh va tezda tiklanib oladi, demak, muntazam o'yin amaliyoti olish u uchun muammo bo'lmaydi. Qani, bor mahoratingni maydonda ko'rsat", - dedi Peti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal